Sahifada kezish:
Moslashish usullari. Yaqinlardan olislik sabab stressni qanday yengish mumkin?
Rossiya haqida nima bilaman? Bu yerda oʻrnimni topamanmi? Hayotim nimalar bilan toʻladi? Hali oʻz vatanini tark etmasidan turib chet elliklar shu va boshqa koʻplab savollarni oʻzlariga berib koʻrishadi. Maʼlumki, oʻzga mamlakatga kelganingizda koʻplab taassurotlar va tajribalar bilan bir qatorda psixologik (ichki) va ijtimoiy-madaniy (tashqi) moslashish bosqichiga duch kelasiz. Ijtimoiy-madaniy moslashuvingiz muvaffaqiyati va tezligiga turli omillar taʼsir qiladi. Baʼzi misollar bilan tanishing:
- Yoshroqlar kattalarga qaraganda yangi muhitga osonroq moslashadi.
- Migratsiya sababi ixtiyoriy – ish, taʼlim, boshqa mamlakatda oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish istagi boʻlsa, moslashish tezroq kechadi, chunki siz va hamrohlaringiz Rossiyadagi turli guruhlarga: hamkasblar, guruhdoshlar yoki sinfdoshlar, qoʻshnilar safiga kirasiz.
- Tilni bilish moslashishni osonlashtiradi.
- Madaniy masofa qanchalik yaqin boʻlsa (milliy madaniyat, turmush tarzi, davlat va jamiyat tuzilishi Rossiyanikiga oʻxshash), moslashish shuncha oson kechadi.
- Eng qiyin tomoni – hammasining iziga tushib ketishi, umuman muhojirlarga va xususan, mamlakatingizdan kelgan muhojirlarga nisbatan munosabat. Rossiya koʻp millat yashaydigan va koʻp madaniyatli davlat sanaladi, bu degani migrantlarga ham munosabat doʻstona va ochiq, shuning uchun moslashish qiyin kechmaydi.
Madaniy shok
Rossiyada tez moslashishga hissa qoʻshadigan barcha omillarni hisobga olgan boʻlsangiz ham, madaniy shokni yengib oʻtganingizdan keyingina ruhan xotirjamlikni his qila boshlaysiz. Bu hammada turlicha vaqt davom etishi mumkin.
Rossiyada boʻlganimda madaniy shokni boshdan kechirayotganimni qanday bilsam boʻladi?
Rossiyaga kelmasingizdan avval siz anchadan beri orzu qilgan bu mamlakatda boʻlishdan quvonch va eyforiyadan kayfiyatning stress, rossiyaliklar bilan muloqot qilishdan qoʻrqishga almashishini sezasiz. Bu his-tuygʻular umidlar va haqiqat oʻrtasidagi muqarrar farqdan, turmush tarzi, atrof-muhitning oʻzgarishi va yaqin atrofingizda yaqinlaringizning yoʻqligidan kelib chiqadi. Rossiya va ruslar haqida koʻp narsalarni bilsangiz va bu yerda ilgari boʻlgan boʻlsangiz ham, madaniy shok paydo boʻlishi mumkin.
Madaniy shok tugaganini qanday tushunish mumkin?
Yangi sharoitlarda hayotdan qoniqish va to‘kislikni his qilasiz, shuningdek, ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirasiz, Rossiya jamiyatiga koʻnikasiz va odamlar bilan samarali muloqot qila olasiz. Til boʻyicha bilimingiz yaxshilanadi va madaniy qadriyatlarni tushuna boshlaysiz. Aksariyat hollarda qanday oʻzini tutish kerakligini tabiiy anglay boshlaysiz, sizda doʻstlar va yangi odatlar paydo boʻladi. Bu jamiyatga kuchli hissiy munosabatni, Rossiyaga muhabbatni shakllantiradi!
Quyidagi qoidalar sizga ijobiy munosabatni, samaradorlikni, muloqot qilish istagini tiklashga va Rossiyada duch kelgan yangi barchasini jozibali va yoqimli deb bilishga yordam beradi.
Qanday qilib yangi mamlakatga oson moslashish mumkin?
-
1
Mamlakatga kelishdan oldin Rossiya bilan tanishing. Deyarli har qanday mavzudagi ensiklopediyalar, bloglar, jurnallar, video materiallar sizda mamlakat obrazini shakllantirishga yordam beradi va sizni voqelik haqidagi bilimlar bilan toʻldiradi.
-
2
Rus tilini hech boʻlmaganda boshlangʻich darajada oʻrganing. Mamlakat madaniyati va urf-odatlarini yaxshiroq tushunasiz, bu esa ruslar bilan muloqot qilishni osonlashtiradi.
-
3
Yangi doʻstlar toping. Qiziqishlaringizga mos keladigan, yashayotgan yoki ishlayotgan klublaringiz, guruhlaringiz yoki jamoalaringizga qoʻshiling. Shu tarzda ijtimoiy doirangizni kengaytirasiz.
-
4
Jamiyat ichida boʻling. Mahalliy aholi bilan tanishishga harakat qiling. Odamlar bilan uchrashishingiz va yangi tanishlar orttirishingiz mumkin boʻlgan tadbirlar, bogʻlar, kafelarga tashrif buyuring.
-
5
Diaspora vakillaridan yordam soʻrashdan tortinmang. Ular oʻz tajribalarini baham koʻrishlari va foydali maslahatlar berishlari mumkin.
-
6
Sevimli mashgʻulotlaringiz va qiziqishlaringiz haqida unutmang. Dunyoga ijobiy qarash va yolgʻizlikni his qilmaslik uchun oʻzingizga yoqadigan narsalarni qiling.
-
7
Vataningizdagi doʻstlaringiz va oilangiz bilan aloqada boʻling. Yaqinlaringiz bilan muloqot qiyin paytlarda yordam beradi.
-
8
Sogʻligingiz haqida unutmang. Muntazam jismoniy mashqlar, sogʻlom ovqatlanish va yetarlicha uxlash koʻtarinki kayfiyatni saqlashda va oʻzingizni yaxshi his qilishingizda yordam beradi.
Barchaga maʼlumki, yangi mamlakatga koʻchib oʻtgandan keyin moslashish – vaqt va sabr talab qiladigan jarayon. Kerak boʻlsa, yordam va madad soʻrashdan tortinmang.
Mehmonga borish, bayramlar
Ruslar – juda mehmondoʻst xalq, shuning uchun odamlar bilan uchrashganingizdan soʻng sizni hech qanday sababsiz mehmonga yoki oilaviy bayramlarga, masalan, tugʻilgan kunga taklif qilishsa, hayron boʻlmang. Ushbu tadbirda ishtirok etish – aloqa doirangizni kengaytirish va rus madaniyati va anʼanalari haqida koʻproq bilish uchun ajoyib imkoniyat.
Rossiyada tugʻilgan kuni nishonlanayotgan shaxs uchun sovgʻa bilan mehmonga (yoki bayram joyiga) borish odat sanaladi. Sovgʻa kimga moʻljallanganligiga bogʻliq. Kattalarga gullar (ayollar), kitoblar, interyer buyumlari, atir-upa, elektronika va boshqa foydali narsalar, qabul qiluvchining sevimli mashgʻulotlari yoki qiziqishlari bilan bogʻliq narsalar sovgʻa qilishadi. Bolalarga esa oʻyin vositalari, oʻyinchoqlar va sport anjomlari berishadi.
Rossiyada bir maqol bor: “В чужой монастырь со своим уставом не ходят” (Hamma joyni oʻz qonun-qoidasi bor). Uning maʼnosi shundaki, inson oʻz qoidalari va tartiblarini boshqa jamoa yoki jamiyatga oʻtkazmasligi kerak. Har bir mamlakat, jamiyatning oʻziga xos madaniyati, anʼanalari va axloq meʼyorlari bor va ularni hurmat qilish va oʻz nuqtayi nazarini oʻtkazishga urinmaslik muhimdir. Boshqa odamlar bilan muloqot qilishda ularning qoidalariga ochiq boʻlish va muloqot doʻstona boʻlishi uchun maʼlum bir guruhda qabul qilinadigan tarzda oʻzini tutish muhimdir.
Tugʻilgan kunlarda oʻzini tutish qoidalari
Bayramga oʻz vaqtida kelishingiz kerak. Agar mezbonlar xonani tayyorlab, dasturxon tuzatishga ulgurmagan boʻlsa, yordamingizni taklif qilishingiz mumkin. Uyga kirayotganda poyabzalni yechib, kirish yoʻlagida qoldirish, salomlashish va taklif uchun rahmat aytish lozim. Mezbonlar sizni oila aʼzlari va boshqa mehmonlar bilan tanishtiradi. Chet ellik sifatida diqqat markazida boʻlishingiz tabiiy. Agar soʻrashsa, oʻzingiz va mamlakatingiz haqida soʻzlab bering.
Rossiyada bayram paytida boshqa mehmonlar bilan muloqot qilish, oʻyinlar va musobaqalarda qatnashish, raqsga tushish va qoʻshiq kuylash, tugʻilgan kungi bolaning sogʻligʻi uchun ichish va ovqatlanish odat. Muvaffaqiyat, farovonlik va istaklarning amalga oshishi uchun tabriklar va qadah soʻzlari aytiladi.
Tadbirdan soʻng mezbonlarga mehmondoʻstligi uchun minnatdorchilik bildirish va oʻz vaqtida uyga qaytish muhimdir. Rossiyada mezbonlarga uyni tozalash va tartibga solishga xalaqit bermaslik uchun bayram tugaganidan keyin uzoq vaqt qolmaslik lozim. Umuman olganda, tugʻilgan kunga, shuningdek, boshqa oilaviy yoki shaxsiy bayramlarga qatnashish, axloq qoidalariga rioya qilsangiz, rus jamiyatiga moslashishga yordam beradi.
Muloqotning noverbal elementlari
Muloqotda masofa saqlash
Psixologik qulaylik, shaxsiy xavfsizlik va infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun odamlar orasidagi masofani saqlash kerak. Masofa sizning tanishingizning yaqinligi, yoshi, jinsi, ijtimoiy rollari va muloqot vaziyatiga bogʻliq.
Jadvalda toʻrtta muloqot holatida tavsiya etilgan masofa koʻrsatilgan.
Intim hududi inson uchun eng himoyalangan qism hisoblanadi. Bunga faqat eng yaqin insonlarga ruxsat beriladi: bolalar, ota-onalar, sevishganlar. Shaxsiy hudud – bu doʻstlar va tanishlar bilan kundalik muloqotda ishlatiladigan masofa.
Ijtimoiy hudud rasmiy tadbirlarda, muzokaralarda, yangi odamlar bilan tanishganda yoki maqomi siznikidan yuqori boʻlgan odamlar bilan gaplashganda saqlanishi kerak. Biznes muhitida ijtimoiy hududni saqlash korporativ madaniyat va odob-axloq qoidalarining bir qismidir.
Bundan tashqari, ijtimoiy masofani saqlash quyidagi holatlarda muhimdir:
- Odamlar koʻp toʻplanadigan jamoat joylarida (doʻkonlar, dorixonalar, jamoat transporti).
- Madaniy, sport va boshqa tadbirlarga tashrif buyurganingizda.
Olomon ichida konsertda boʻlganingizda, maqbul masofani saqlash qiyin boʻlgan liftda, eskalatorda boʻlganingizda. Kimdir bilan uchrashish rejalaringizda boʻlmasa, bunday hollarda suhbatni boshlamaslik tavsiya etiladi. Koʻz koʻzga tushsa ham, tikilib qarab turmang, harakatlaringiz va narsalaringiz boshqalarga xalaqit bermaydigan yoki tegmaydigan holatda boʻling, his-tuygʻularingizni va ovozingizning balandligini cheklang.
Ommaviy hudud eng qulayi, ammo u juda keng tarqalgan emas. Masalan, ommaviy chiqishlarda spiker (maʼruzachi) tinglovchilardan ancha uzoqda boʻladi.
Imo-ishoralar
Rus kommunikativ anʼanalarida imo-ishoralar muloqotda muhim oʻrin tutadi. Ular turli emotsiyalar va his-tuygʻularni ifodalashi, shuningdek, ogʻzaki muloqotni toʻldirishi va kuchaytirishi mumkin. Ruslar imo-ishoradan faol foydalanadi va his-tuygʻularni yuzlari va tanalari bilan ifodalaydi.
Imo-ishoralar bir xil, maʼnolari har xil
Ruslar – juda hissiyotli va imo-ishoralardan koʻp foydalanuvchi xalq emas, ammo imo-ishoralar keng qoʻllaniladi. Har kuni quyidagi imo-ishoralarga duch kelasiz:
Barcha imo-ishoralar, harakatlar, narsalarni uzatish aksariyat rossiyaliklar tomonidan o‘ng qo‘l bilan amalga oshiriladi, chap qo‘ldan foydalanish kamdan-kam uchraydi va bu odam chapaqay bo‘lgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chap qoʻldan foydalanish sizni haqorat qilish uchun moʻljallanmagan. Rossiyada aholi qoʻl tanlashga yoki ikki qoʻldan foydalanishga ahamiyat bermaydi.
Rossiyada odob-axloq qoidalari
Mamlakatdagi muloqot madaniyatining oʻziga xos xususiyatlari oʻrganiladigan manbalar faqat odob-axloq qoidalari va qoʻllanmalargina emas. Oddiy kundalik va ish sharoitida koʻplab odob-axloq qoidalari va xatti-harakatlarni oʻrganishingiz mumkin. Ishga qabul qilinganda sizga albatta ichki mehnat qoidalari bilan tanishish imkoniyati beriladi – bu maxsus meʼyoriy hujjat. Lift yoki transportga kirganingizda axborot beruvchi tablichkalarni (matn yoki rasmlar) koʻrasiz.
Bular tartibni saqlash boʻyicha tavsiyalardir. Ularga amal qilish sizning va boshqalarning xatti-harakatlarini oldindan taxmin qilish va tushunishda yordam beradi.
Rossiyada hamma uchun moʻljallangan odob-axloq qoidalari, shuningdek, faqat ayollar yoki erkaklar uchun moʻljallangan qoidalar mavjud. Ular jamoat joylarida turli jins vakillarining oʻzaro munosabatiga taalluqli. Ushbu qoidalarni oʻqing va ularga rioya qilishga harakat qiling.
-
1
Har qanday muassasa yoki idora garderobida ayol bilan uchrashganda, erkak unga ustki kiyimini yechishga yordam berishi, shuningdek, eshikni ochib, ayolni oʻtkazib yuborishi lozim.
-
2
Restoran yoki kafeda ham erkak ayolga paltosi yoki kurtkasini yechishga yordam berishi, o‘tirishi uchun stulni surib qo‘yishi kerak. Ayollar esa erkaklar bu ishni bajarishini kutib turishlari kerak boʻladi.
-
3
Jamoat transportida erkak oʻz oʻrnini ayolga (shuningdek, yoshi kattalar va salomatligi alohida eʼtibor talab qiladigan odamlarga), ayollar esa – faqat keksalar va salomatligi alohida eʼtibor talab qiladiganlarga boʻshatishlari lozim.
-
4
Rossiyada jamoat joylarida chekish taqiqlangan. Chekishga ruxsat berilgan joylarda ayollar va bolalar boʻlganda chekmagan maʼqul.
-
5
Hamkasblar yoki biznes hamkorlar bilan muloqot qilishda erkak va ayol professionallik koʻrsatishi va doʻstona munosabatda boʻlishi kerak. Siz bilan tengdosh yoki sizdan kichik bo‘lgan hamkasblarni, agar siz ularning roziligini olgan bo‘lsangiz, ismlari bilan chaqirishingiz mumkin. Katta hamkasblarga anʼanaviy ravishda ismi va otasining ismi (agar boʻlsa) bilan murojaat qilishadi.
-
6
Haqoratli boʻlishi mumkin boʻlgan mavzularda, ayniqsa irqi, dini, jinsi yoki tashqi koʻrinishi haqida hazil qilish mumkin emas.
-
7
Erkaklar va ayollar ozoda va batartib koʻrinishi, gigiyena va tashqi koʻrinishga eʼtibor berishlari kerak.
-
8
Uchrashuvlarga oʻz vaqtida keling – bu hurmat belgisidir. Ayol romantik uchrashuvga biroz kechikib kelishi normal holat, bu noz-karashmaning elementidir. Jiddiy kechikishlar haqida ogohlantirish va kechirim soʻrashni zarur.
-
9
Menyudan taom tanlashda va boshqa koʻplab holatlarda birinchi tanlovni ayollar amalga oshiradi.
-
10
Kafe yoki restoranda odatda taklif qilgan kishi pul toʻlaydi. Buni oldindan kelishgan yaxshi. Agar oldindan kelishilmagan boʻlsa, hisob-kitob qilishdan oldin, bu hamkasblaringizga noqulaylik tugʻdirmaydimi yoʻqmi aniqlab olishingiz kerak.
Yangi madaniyatga moslashish mexanizmlarini tushunish olisda ekaningiz va uyni sogʻinish bilan bogʻliq stressdan xalos boʻlishga, mezbon mamlakatga koʻnikishga yordam beradi. Doʻstlarnikiga borish va bayramlarda qatnashish orqali mahalliy aholi bilan muloqot qilish muvaffaqiyatli integratsiyaga va muhim shaxslararo aloqalarni oʻrnatishda foydali. Til va ogʻzaki boʻlmagan signallardan foydalanishga eʼtibor bering. Shu tariqa oʻzingizga ishonchni his qilasiz va boshqalar bilan uygʻun munosabatlarni saqlay olasiz.
Muloqotda, shu jumladan, erkaklar va ayollar oʻrtasidagi munosabatlarda odob-axloq qoidalariga, xulq-atvor va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish Rossiyada oʻzingizni uyingizdagidek his qilishingizga yordam beradi. O‘zingizni madaniyatli, odobli, mahalliy aholi qadriyatlarini hurmat qiladigan inson sifatida namoyon qilasiz.
Soʻnggi soʻz oʻrnida
Rossiya oʻz mehmonlarini turli urf-odatlari, mehmondoʻstligi va ajoyib madaniyati bilan kutib oladi, bu esa mamlakatda boʻlgan mehmon uchun unutilmas va boy tajriba boʻladi. Sizni oʻzingiz uchun Rossiyani kashf etishga va ajoyib mamlakatimiz tarixi va hozirgi kuniga gʻaroyib sayohat qilishga taklif qilamiz!