Sahifada kezish:
Rossiyada ishga joylashish: hujjatlar
Rossiya – ish topmoqchi boʻlgan chet el fuqarolari uchun katta salohiyatga va koʻplab imkoniyatlarga ega mamlakat. Har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab odamlar Rossiyaga ish va yangi istiqbollar izlab kelishadi.
Misol uchun, faqat 2022-yilning oʻzida mamlakatimizda taxminan 4 millionga yaqin chet ellik ishchi ishlagan. Ushbu maqolada chet el fuqarolari qanday va qayerda ish topishi mumkinligi haqida soʻz yuritiladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Rossiyada ishga joylashtirish tartibi 2002-yil 25-iyuldagi 115-sonli FQ “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy maqomi toʻgʻrisida” gi (oʻzgartirishlar kiritilgan) Federal qonun bilan tartibga solinadi. Qonunning toʻliq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.
Chet el fuqarolari Rossiyada axborot texnologiyalari, turizm va mehmonxona biznesi, qurilish, infratuzilma, madaniyat va san’at, sport va boshqalar kabi jadal rivojlanayotgan sohalarda xalqaro va Rossiya kompaniyalariga ishga joylashishlari mumkin. Albatta, bandlik sohasini tanlashda viza va ishga ruxsatnoma talablarini hisobga olish muhimdir.
YOII davlatlaridan kelganlar uchun
Belorus, Qozogʻiston, Armaniston yoki Qirgʻizistondan kelgan boʻlsangiz, ishga joylashish tartibi rossiyaliklarniki bilan bir xil. Migratsiya kartasini, vaqtinchalik boʻlish uchun ruxsatnomani (РВП) yoki yashash guvohnomasini (ВНЖ) taqdim etishingiz kerak. Belorus Respublikasi fuqarosi faqat Belorus pasportini taqdim etsa boʻldi.
Shuningdek, ish beruvchi uchun standart hujjatlar toʻplamini toʻplashingiz kerak:
- pasport
- mehnat daftarchasi
- individual shaxsiy hisob sugʻurta raqami (СНИЛС)
- soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (ИНН)
- maʼlumoti haqidagi hujjat
- ixtiyoriy tibbiy sugʻurta (ДМС) yoki majburiy tibbiy sugʻurta (ОМС) polisi
- sudlanmaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
Ish topish uchun “Rabota v EAES” (Работа в ЕАЭС) mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin. Bu zarur hujjatlarni onlayn tarzda qayta ishlash, shuningdek, qabul qiluvchi davlatning ish beruvchilari va organlari bilan oʻzaro aloqalarni osonlashtiradi.
“Работа в ЕАЭС” mobil ilovasi
Mehnat qonunchiligining asoslari bilan tanishishni tavsiya qilamiz:
- Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 59-moddasida sanab o‘tilgan ish turi, uni bajarish muddati va boshqa holatlarga qarab, chet ellik xodim va ish beruvchi o‘rtasida yozma shaklda nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.
- Sinov muddati 2 haftadan 6 oygacha boʻlishi mumkin (rahbarlar, oʻrinbosarlar, bosh buxgalterlar uchun). Homilador ayollarga va bir yarim yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga, o‘rta yoki oliy o‘quv yurtida ta’lim olgan kundan e’tiboran 1 (bir) yil ichida egallagan mutaxassisligi bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslarga, ish beruvchilar o‘rtasidagi kelishuvga binoan boshqa ish beruvchidan boshqa ishga o‘tkazish tartibida ishga taklif qilingan shaxslarga, ikki oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzgan shaxslarga nisbatan sinov muddati belgilanishi mumkin emas.
- YOIIga a’zo xorijiy davlatlar fuqarolarini davlat va munitsipal xizmatga, Rossiya Federatsiyasi Davlat bayrog‘i ostida suzuvchi kema ekipaji tarkibiga, Rossiya Federatsiyasi fuqaro havo kemasi komandiri lavozimiga, bosh buxgalter yoki vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasi bo‘lmagan taqdirda tashkilotda buxgalteriya hisobini yurituvchi boshqa shaxs lavozimiga va boshqa lavozimlarga qabul qilish taqiqlanadi.
Agar boshqa mamlakatlardan kelgan bo‘lsangiz va sizda РВП yoki ВНЖ rasmiylashtirilgan bo‘lsa
Patentsiz ishga ruxsatnoma olishingiz mumkin. Shuningdek, o‘z firmangizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz (masalan, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishingiz), Rossiyaga erkin kirishingiz va chiqishingiz mumkin. Biroq, faqat vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi berilgan Rossiya Federatsiyasi (RF) subyektida ishlashingiz mumkin. Agar Rossiyani olti oy yoki undan koʻproq muddatga tark etsangiz, РВП bekor qilinishi mumkin. Ushbu shartlar uch yil davomida amal qiladi.
Biznes uchun va ishchi vizalar
Xorijiy fuqarolarning Rossiyaga kirishiga ruxsat beruvchi o‘ndan ortiq turdagi vizalar mavjud. Biznes uchun va ishchi vizalar eng keng tarqalganlaridan. Jadvalda ularning asosiy xususiyatlari koʻrsatilgan.
Vizalarning toʻliq roʻyxati, ularning xususiyatlari va roʻyxatdan oʻtish uchun zarur boʻlgan hujjatlar bilan quyidagi saytda tanishish mumkin Tashqi ishlar vazirligi: Viza turlari.
Yaxshi tomoni shundaki, chet ellik talabalar Rossiyada ishga joylashishlari juda oson. Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi (ГПХ) tuzish uchun oliy o‘quv yurti yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasasidan Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan dastur bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotganingizni tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etishingiz kerak.
Oʻqishdan boʻsh vaqtda ishlash tavsiya etiladi. Agar oʻqishni tugatgan yoki toʻxtatgan boʻlsangiz, mehnat shartnomasini bekor qilishingiz kerak.
Ishni qayerdan qidirish kerak
Rossiyada ish qidirishda quyidagi usullardan biridan foydalanishingiz mumkin.
1-usul
Yuqori malakali kadrlar uchun mos. Ish muddati uch yilgacha, soliqqacha ish haqi yiliga 3 million rubldan. Siz bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi (ГПХ) tuziladi. Istisnolarga eʼtibor bering. Siz yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT), manaʼviy tashkilotlar (diniy va ta’lim), maktabgacha ta’lim tashkilotlari (bog‘chalar, yaslilar, bolalarning vaqtincha yashash guruhlari) va maktab ta’limi tashkilotlarida ishlay olmaysiz. Sizga ishchi viza va ishga ruxsatnoma kerak boʻladi.
2-usul
Kvota boʻyicha ishga joylashish. Kasblar boʻyicha kvotalar soni cheklangan va mintaqaga bogʻliq.
3-usul
Kvotasiz ishga joylashish faqat kasblar roʻyxati bilan cheklanadi. U bilan tanishish havola bo‘yicha.
Mehnat shartnomasi ГПХdan afzalroqdir, chunki u xodimga koʻproq kafolatlar va himoyalarni taʼminlaydi. Ular orasida: haq to’lanadigan ta’til va kasallik boʻyicha ta’til, mehnat vazifalarini bajarishda sog’liqni saqlash.
Ishni qanday qidirish mumkin?
Chet el fuqarolari Rossiyada bir necha usul bilan ish topishlari mumkin. Asosiylari bilan tanishing.
Internet, telefon
Bugungi kunda boʻsh ish oʻrinlarini topishingiz mumkin boʻlgan koʻplab onlayn platformalar va veb-saytlar mavjud. Ulardan baʼzilari faqat chet ellik ishchilarga moʻljallangan. Ushbu veb-saytlar va onlayn platformalar turli tillarda maʼlumot beradi va bu ish qidirish jarayonida yordam beradi.
“Superjob”, “Avito” (Авито) yoki “HH.ru” kabi platformalarda boʻsh ish oʻrinlari bankini koʻrish uchun parametrlarni (mintaqa, yoshingiz, tajribangiz, faoliyat sohasi va boshqalar) koʻrsatishingiz mumkin.
“SuperJob”
O‘tishUshbu xizmat boʻsh ish oʻrinlarining keng maʼlumotlar bazasiga ega va sizga yuqori maoshli ish topishga yordam beradi. Kerakli lavozim parametrlarini tanlash uchun uning interfeysi oddiy va tushunarli. Bu yerda foydali vositalar va bo‘limlar berilgan: onlayn rezyume tuzish, maqbul maoshga muvofiqlikni baholash (Zarplatomer (Зарплатомер)), onlayn o‘quv kurslari e’lonlari, ish izlovchilarga maslahatlar.
Mehnat faoliyatini endi boshlayotganlarga alohida e’tibor qaratilgan. “Karyerani boshlash” (Старт карьеры) bo‘limida ish tajribasiga ega bo‘lmagan xodimlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyotlar to‘plangan.
Katta shaharlarda ishlash
Mamlakatning megapolislari, viloyat markazlarida ish topish uchun “Rabota.ru” (Работа.ру) onlayn platformasi ishlaydi. Unda kasblar boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari va sizni qiziqtirgan mintaqadagi ish beruvchilardan toʻgʻridan-toʻgʻri takliflar mavjud. Shahar yoki barcha hududlarni tanlang, qidiruv satrida “migrantlar uchun ish” (работа для мигрантов) deb ko‘rsating va filtrlarda qidiruv parametrlarini aniqlashtiring: tajriba, ish jadvali, ish haqi va boshqa xususiyatlar.
Alohida sahifada “Sber” (Сбер) – mamlakatning eng yirik moliyaviy tashkilotidan bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilgan. Rezyumeni yuborish uchun mobil telefon raqamingiz yoki elektron pochta manzilingizdan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlar orqali roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.
MDH fuqarolari uchun boʻsh ish oʻrinlari
O‘tishPortal MDH davlatlaridan kelgan chet el fuqarolari uchun butun Rossiya axborot va taʼlim platformasi hisoblanadi. Bu migrantlarni ish bilan taʼminlashga yordam beradi. Mutaxassislar migratsiya qonunchiligi bo‘yicha onlayn seminarlar o‘tkazmoqda. Ish beruvchilar va ish izlovchilar uchun forumda kadrlar va viza xizmati xodimlariga savollar berishingiz mumkin.
Rekruting agentliklari va ish beruvchilar
Rekruting (yoki kadrlar) agentliklari ochiq e’lon qilinmaydigan ish o‘rinlariga kirish imkoniyatini beradi, ish haqi va ish sharoitlari bo‘yicha muzokaralarda vositachilik qilishi mumkin, bu esa munosib maosh olishingizni kafolatlaydi.
Agentlikka murojaat qilganingizda, qobiliyatingizga eng mos boʻsh ish oʻrinlarini aniqlash uchun koʻnikma va tajribangiz yaxshilab baholanadi. Keyin ish beruvchi bilan sizni bogʻlashadi. Shuni yodda tutingki, agentlik xizmatlari pulli. Yaxshi obro‘ga ega kompaniyani tanlash uchun Rossiyaning asosiy agentliklarining bo‘sh ish o‘rinlari to‘plangan onlayn portalga murojaat qiling.
Ko‘plab kompaniyalar va tashkilotlar, ayniqsa, boshqa mamlakatlar bilan biznes aloqalariga ega bo‘lganlar, chet ellik ishchilarni faol ravishda yollaydi, o‘z saytlarida aktual bo‘sh ish o‘rinlarini joylashtirishadi. Sizni qiziqtirgan sohada taniqli kompaniyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri qidiring. Savdo sohasida mamlakatning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “Petyorochka” (Пятёрочка) kompaniyasi misol bo‘la oladi. Saytda shaharni ko‘rsating, “Bo‘sh ish o‘rinlari” (Вакансии) bo‘limini toping, mos lavozimni tanlang va aloqa ma’lumotlaringizni kiriting.
Jamoatchilik bilan aloqalar va tavsiyalar
Rossiyada oldindan ishlayotganlar bilan muloqot qilish bo‘sh ish o‘rinlarini topish va har doim ham ochiq e’lon qilinmaydigan ish takliflari haqida ma’lumot olishning foydali usuli bo‘lishi mumkin. O‘z diasporangizda, vatandoshlar guruhlarida ishga joylashish tajribasini muhokama qiling.
Agar sizda biron bir savol boʻlsa, “Chet el fuqarolari va ish beruvchilar forumi” kabi xorijiy ish qidiruvchilar va ish beruvchilar uchun forumlarga tashrif buyuring: xorijiy fuqarolardan savollari roʻyxati. Muloqotni boshlash uchun roʻyxatdan oʻtish kifoya.
Shunday rus maqoli bor: “Без труда не вытащишь и рыбку из пруда” (Mehnatning tagi rohat). Ishga joylashish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, ish qidirish va ish kunlarining murakkabligi beradigan natijasi bilan oqlanadi: daromad va o‘zini o‘zi namoyon qilish.
Rossiyaga ishga kirayotganingizda viza yoki ishga ruxsatnoma olish talablari va qoidalarini hisobga olishingiz kerak. Kerakli hujjatlarni taqdim etishga va tartib-qoidalarga rioya qilishga tayyor bo‘ling. Shuningdek, aniq ma’lumot va maslahat olish uchun migratsiya bo‘yicha mutaxassislar, rekruterlar yoki huquqshunoslardan yordam so‘rash tavsiya etiladi.
Suhbat
Aksariyat hollarda ishga kirishdan oldin suhbatdan oʻtasiz (baʼzan bir nechta). Bu ofisda shaxsiy uchrashuv yoki menejer yoki kadrlar boʻlimi boshligʻi bilan onlayn uchrashuv boʻlishi mumkin. Agar siz rezyumeni topshirgan boʻlsangiz, demak siz haqingizda baʼzi maʼlumotlar allaqachon mavjud. Agar yoʻq boʻlsa, unda oʻzingizni tanishtirish va mehnat bozorida oʻzingizni “taklif qilish” vaqti keldi.
Suhbat odatda bir necha bosqichlardan iborat.
-
1
Suhbatga taklif qilish va nomzodni tayyorlash. Uchrashuv vaqti va joyi haqida sizga xabar beriladi. Kompaniya haqidagi maʼlumotlarni oʻrganing, ish joyingiz boʻyicha odatiy savollarga javoblarni oʻylab qoʻying.
-
2
Salomlashish va tanishtirish. Suhbatda ishtirok etayotgan ikkala tomon oʻzlarini qisqacha tanishtiradigan va qulay muhit yaratish uchun savollar beradigan bosqich.
-
3
Malaka va tajribaga oid savollar. Ish beruvchi sizning ish tajribangiz, malakangiz va koʻnikmalaringiz haqida soʻraydi. Oʻz portfoliongizni taqdim etishingiz, yutuqlaringiz va loyihalaringiz haqida gapirishingiz mumkin.
-
4
Xulq-atvorga oid savollar yoki testlar. Ish beruvchi sizning motivatsiyangizni, shaxsiy fazilatlaringizni va muammolarni hal qilish qobiliyatingizni aniqlashga qaratilgan savollarni berishi mumkin. Real misollar keltirishga va turli vaziyatlarda oʻz mahoratingizni namoyish etishga tayyor boʻling. Ushbu bosqich test, rol oʻynash yoki amaliy topshiriqni almashtirishi mumkin.
-
5
Ariza beruvchining savollari. Suhbat oxirida sizni qiziqtirgan savollarni bering: kompaniya, huquq va majburiyatlaringiz, mehnat shartnomasining mazmuni va mehnat sharoitlari haqida.
Suhbatdan soʻng, ish beruvchi ishga olish boʻyicha javobni qachon olish mumkinligini aytadi.
Mehnat shartnomalarining turlari
Ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi munosabatlar, ularning huquq va majburiyatlari Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Matni bilan tanishish bu yerda.
Muddatli
Besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga (mehnat munosabatlarini tugatish sanasi koʻrsatilishi kerak).
Muddatsiz
Nomuayyan muddatga.
Fuqarolik-huquqiy shartnomasi
Aniq bir martalik ishni belgilangan muddatda bajarish uchun tuziladi.
Misol O‘zbekiston fuqarosi bilan mehnat shartnomasi.
Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi: xodimning familiyasi, ismi (agar mavjud boʻlsa, otasining ismi) va ish beruvchining nomi, shartnoma tuzilgan joy va sana, ish joyi, ishdagi vazifasi va ishning boshlanish sanasi. Muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan taqdirda, uning amal qilish muddati, ish haqi (tarif stavkasi yoki lavozim maoshi miqdori, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar), ish vaqti va dam olish vaqti, ishning alohida xususiyati (masalan, ko‘chma ish), ish joyidagi mehnat sharoitlari, kafolatlar va kompensatsiyalar, shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda, ikki nusxada tuziladi, ularning har birini tomonlar imzolaydi. Mehnat shartnomasining bir nusxasi xodimga beriladi, ikkinchisi ish beruvchida saqlanadi.
ГПХ bir qator muhim shartlarning yoʻqligi bilan boshqalardan farq qiladi (jadvalga qarang). Bu haqda eslab qoling!
Batafsil oʻqish bu yerda.
Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksi va mehnat shartnomasi shartlariga qoʻshimcha ravishda ichki mehnat qoidalariga va ish beruvchining boshqa mahalliy qoidalariga rioya qilishingiz kerak.
Ish jadvali va kalendar: Rossiyada ish kuni
Rossiyada bir nechta ish jadvali mavjud:
Besh yoki olti kunlik ish haftasi
Ish dushanbadan jumagacha/shanbagacha, besh kunlik, olti kunlik.
Qisman bandlik
Yarim kunlik ish, masalan 09:00 dan 13:00 gacha.
Moslashuvchan ish jadvali
Ma’lum bir ish hajmini bajarishingiz kerak, lekin ish beruvchi sizdan barcha ish soatlarini ofisda o‘tkazishingizni kutmaydi.
Smena jadvali
Sheriklar bilan turli kunlarda, kunning turli vaqtlarida ishlaysiz, jadvalni oldindan tuzasiz, masalan, uch kundan keyin.
Vaxta usuli
Ikki haftadan boshlanadigan ish davrlari teng qiymatli yoki uzoqroq dam olish davrlari bilan almashtiriladi.
Shuningdek, ish vaqtingizda onlayn bo‘lganingizda va ish vazifalaringizni bajarayotganingizda, ya’ni kompaniya ofisida bo‘lmaganingizda, ish masofaviy (onlayn, masofaviy) bo‘lishi mumkin.
Rossiyada ish haftasining davomiyligi – maksimal 40 soat (ishdan tashqari ishlangan vaqtda davomiylikni oshirish ketma-ket ikki kun davomida toʻrt soatdan oshmasligi kerak, yiliga jami 120 soat). Besh kunlik ish haftasi bilan kuniga sakkiz soat 8:00 dan 17:00 gacha yoki 9:00 dan 18:00 gacha ishlash odatiy holdir. Shanba va yakshanba odatda dam olish kunlari, olti kunlik ish haftasida – yakshanba.
Ishlanmaydigan bayramlarda ishlash taqiqlanadi:
1, 2, 3, 4, 5, 6 va 8-yanvar
Yangi yil taʼtillari
7-yanvar
Rojdestvo
23-fevral
Vatan himoyachilari kuni
8-mart
Xalqaro xotin-qizlar kuni
1-may
Bahor va mehnat kuni
9-may
Gʻalaba kuni
12-iyun
Rossiya kuni
4-noyabr
Milliy birlik kuni
Bu holatda xizmat koʻrsatish va koʻngilochar sohalarda, shuningdek, uzluksiz ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan sohalarda bandlik istisno, bayram kunlari ishlash kompaniyaga katta foyda keltiradi. Qoʻshimcha ish haqi alohida hisoblab chiqiladi. Qonunchilik talablariga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ish uchun to‘lov quyidagicha to‘lanadi: bir yarim stavkada – dastlabki ikki soat uchun; ikki stavkada – keyingi soatlar uchun.
Tungi vaqtda ishlash uchun (soat 22:00 dan 06:00 gacha) ham boshqacha toʻlanadi. Eng kamida 20% qoʻshimcha haq toʻlanadi. Ketma-ket ikki smenada ishlashga majburlashga korxonalar haqli emas. Har qanday smena ishchisi haftasiga kamida bir marta uzluksiz 42 soat dam olishi shart.
“Делу время, потехе час” (Har ishning oʻz vaqti bor) – bunda mehnatning dam olishdan ustunligi taʼkidlangan.
Rossiyada tushlik tanaffusi odatda 13:00 dan 14:00 gacha davom etadi. Xuddi maqoldagidek aynan bir soat! Bu vaqtga muhim uchrashuvlar rejalanmaydi.
Taʼtilning davomiyligi faoliyat sohasiga bogʻliq. Mehnat shartnomasiga koʻra (ГПХ emas), xodim yiliga 28 kunlik haq toʻlanadigan taʼtil olish huquqiga ega. Agar kerak boʻlsa, ish beruvchining roziligi bilan haq toʻlanmaydigan taʼtil olishingiz mumkin (“oʻz hisobingizdan” taʼtil).
Ishda odob-axloq qoidalari va dress-kod
Rossiya ishda odob-axloq qoidalari xalqaro qoidalarga asoslanadi, ammo oʻziga xos bir qator anʼanalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga oling, shunda siz biznes hamjamiyatiga muvaffaqiyatli qoʻshilasiz va hamkasblar va hamkorlar bilan professional munosabatlarni saqlab qolasiz.
Ogʻzaki muloqot odobi
Biznesda yozma odob-axloq qoidalari
Qoidalar odatiy va elektron pochta xatlarini yozish uchun qoʻllaniladi. Qabul qilingandan keyin 24 soat ichida elektron pochta xabarlariga javob berish tavsiya etiladi. Xat yozish qoidalari va misollar haqida batafsil bu yerda.
Ish chatlari
Barcha tashkilotlarda ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlarda hamkasblar va menejerlar bilan ish chatlari boʻladi. Ularda muloqotda to‘g‘rilikka rioya qilish qabul qilingan: chatga qo‘shilganda uning qoidalarini o‘rganing, ish vaqtida qisqa va aniq xabarlar yozing, agar xabar ma’lum bir shaxsga tegishli bo‘lsa, oluvchini belgilang. Xabarlarga to‘liq javob bering, havolalardan ortiqcha foydalanmang, ovozli va video xabarlarni yozib olmang.
Toʻgʻri odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamkasblar bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish va tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
Ish kiyimi qanday tanlanadi?
Xodimlarning tashqi koʻrinishi va ozodaligiga katta ahamiyat beriladi.
Rossiyada bir maqol bor: “Встречают по одежке, провожают по уму” (Ust-boshingizga qarab kutib olishadi, aqlingizga qarab kuzatib qoʻyishadi). Bu nafaqat shaxsiy fazilatlaringizning muhimligini, balki tashqi koʻrinishingizdan oladigan birinchi taassurotning ahamiyatini ham taʼkidlaydi.
Kiyim shakli (dress-kod)
Kiyim shakli birinchi navbatda, lavozimingizga bogʻliq.
Agar ofisda ishlasangiz
Ish uchun kiyimlar javoni yoki kejual uslubdagi kiyimlar (ingliz tilidagi casual – kundalik soʻzidan). Ishda oyoq kiyimni almashtirib olish kerak boʻladi. Kiyimdagi sport elementlari ofis uslubi uchun mos emas.
Ish beruvchi oʻzining mahalliy normativ qoidalarida tashqi koʻrinishga talablar belgilashi mumkin – bunday holatda ularga rioya qilish majburiydir.
Bandlikning boshqa turlari
Tibbiyot, transport va boshqalar kabi baʻzi xizmat koʻrsatish sohalarida kiyim-kechak ishlatiladi. Koʻpincha u kompaniya logotipi bilan birga keladi. Brendning kanselyariya va boshqa ish jihozlari berilishi mumkin. Agar ishga qabul qilinganda sizga bu haqda aytilmasa, tashqi koʻrinish talablari haqida oʻzingiz soʻrashingiz maqsadga muvofiq.
Erkaklar uchun dress-kod
Klassik biznes uslubida kostyum kiyiladi (qishda toʻqroq, yozda ochroq tusda). Koʻylak ochroq tusda boʻlgani maʼqul. Koʻzga tashlanmaydigan rang va dizayndagi galstuk taqish joiz. Kiyimlarni dazmollangan boʻlishi kerak.
Oyoq kiyimlari toza va batartib boʻlishi lozim. Koʻpincha klassik qora yoki jigarrang ranglar ishlatiladi. Paypoqlar shim va poyabzal bilan bir xil rangda boʻlishi kerak.
Ayollar uchun dress-kod
Biznes muhitida ayollar koʻpincha jiddiy tusdagi shim yoki tizzadan pastga tushadigan yubka hamda koʻylak yoki bluza bilan nimcha yoki bleyzer kiyishadi. Ranglar koʻzga tashlanmaydigan boʻlishi lozim, aksessuarlarda bunga ruxsat bor. Hatto issiq kunlarda ham, mini oʻlchamdagi va yelkasi ochiq kiyimlarni kiyish tavsiya etilmaydi.
Poyafzal yopiq va past poshnali boʻlishi kerak. Kolgotka va poyafzallarning rangi kiyimga mos kelishi kerak.
Makiyaj meʼyorda, soch turmagi batartib qilingan boʻlishi lozim. Taqinchoqlardan minimal foydalangan maʼqul.
Agar diniy yoki etnik kelib chiqishi ishlaydigan ayollarning tashqi koʻrinishiga taʼsir qilsa (uzun koʻylaklar, roʻmollar), Rossiyada bunday dress-kodga taqiq yoʻq.
Yuqoridagi odob-axloq va kiyinish qoidalarini oʻrganishdan tashqari, maʼlum bir kompaniya xodimlarining odatlarini kuzatish va oʻrganish har doim foydadan xoli emas, shunda biznes dunyosi qoidalariga yaxshiroq rioya qilishingiz mumkin boʻladi.
Chet elliklar Rossiyada ishga mamnunlik bilan qabul qilinadi. Buning uchun toʻplanishi kerak boʻlgan koʻplab hujjatlarga qaramay, bu yerda sizni yangi tajriba, bilim, aloqalar va amalga oshirish mumkin boʻlgan imkoniyatlar kutmoqda. Maxsus resurslar orqali boʻsh ish oʻrinlarini qidirishga eʼtibor bering, mamlakat va Rossiya mehnat bozorini oʻrganing, ish beruvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qilish uchun tilni oʻzlashtiring.
Faolligingiz, masʼuliyatingiz va yangi mamlakatga moslashishga tayyorligingiz ham Rossiyada muvaffaqiyatli ishga joylashishda muhim rol oʻynaydi. Xush kelibsiz!